Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘SMIRLARDA SHAXSIY SALOHIYATNI NAMOYON QILISHNING PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA O‘RGANILGANLIGI

Individ, shaxs, o‘smir, o‘zini o‘zi namoyon qilish, komponentlar, psixologik xususiyatlar, tahlil.

Mualliflar

Maqolada o‘smir shaxsining o‘zini o‘zi namoyon qilishida shaxsiy subyektivlikning tarkibiy qismi sifatida shaxs irodasi va o‘zini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan psixologik tajriba tadqiqot natijalari ko‘rsatilgan. Empirik tadqiqot ma’lumotlarini olishda professor S.I. Kudinovning “Shaxsiy o‘zini o‘zi namoyon qilishning ko‘p o‘lchovli anketasi” va A.N. Dobrorodnevaning “Shaxs irodaviy salohiyat darajasini aniqlash” metodikalaridan foydalanilgan. Tadqiqot ishi Toshkent, Andijon va Namangan viloyatlarida joylashgan ixtisoslashtirilgan hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7 va 9 – sinflarining 310 nafar o‘quvchilari bilan olib borildi. O‘smirlarda shaxsiy salohiyatni namoyon qilish darajasini aniqlash tadqiqotimizning asosiy vazifasi hisoblanadi.