Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MAKTAB TARAQQIYOTIDA DIREKTOR LIDERLIGINING AHAMIYATI

direktor liderligi, transformatsion liderlik, instruksional liderlik, ta’lim islohotlari, maktab boshqaruvi, o‘zgarish agenti, salohiyat yaratish, ijtimoiy kapital, mahalliy rivojlanish markazi.

Mualliflar

  • Mamura TADJIBAYEVA Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti mustaqil izlanuvchisi , Uzbekistan

Ushbu maqolada maktab taraqqiyotida direktor liderligining o‘rni va strategik ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Muallif ta’limda olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan maktab rahbarining liderlik salohiyatiga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi. Xususan, transformatsion liderlik modeli doirasida maktab direktori nafaqat boshqaruvchi, balki o‘zgarish agenti, ilhomlantiruvchi va jamiyatda ijtimoiy rivojlanishga hissa qo‘shuvchi shaxs sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda instruksional va transformatsion liderlik modellari qiyosiy tahlil qilinib, O‘zbekiston ta’lim tizimi kontekstida transformatsion liderlikning ustun jihatlari asoslab beriladi. Ilmiy asoslangan xulosalarda maktab direktori “mahalliy rivojlanish markazi”ni shakllantiruvchi strategik drayver sifatida ko‘riladi