Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ TILI TA’LIMIDA MEDIA MATNLAR ORQALI ANALITIK FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODOLOGIYASI

Media, media matnlar, analitik fikrlash, metodologiya, o‘qitish usullari, tanqidiy tahlil, interaktiv faoliyat, didaktik materiallar, ta’lim jarayoni, tahliliy yondashuv, kompetensiya, integratsiya.

Mualliflar

Ingliz tili ta’limida media matnlardan foydalanish bugungi kunda global kommunikatsiya va axborot texnologiyalari jarayonida o‘quvchilarning analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning muhim strategik yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi. Ushbu maqola mazkur yo‘nalishning pedagogik, metodik va amaliy asoslarini tahlil qilib, mediamuhitda to‘g‘ri orientatsiya qilish hamda turli manbalar orasida tanqidiy saralash kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalarni bayon etadi. Media matnlar, xususan yangiliklar, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, reklamalar, maqolalar va audio-videomateriallar o‘quvchi-yoshlarda chet tilini puxta egallash bilan birga, axborotga tanqidiy ko‘z bilan tahlil qilinishi zarur bo‘lgan muhim poydevor sifatida qaraladi. Shuningdek, maqolada media matnlarga asoslangan dars jarayonida lingvistik kompetensiyani boyitish bilan bir qatorda, o‘quvchilarda ma’lumotlarni tanqidiy saralash, aniq faktlarga tayangan holda mulohaza bildirish va izchil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini mustahkamlash usullari ochib beriladi. Mazkur maqolada ilgari surilgan metodologiya ilmiy-innovatsion asosga tayangan bo‘lib, zamonaviy pedagogik jarayonda fanlararo integratsiya va axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda boy didaktik resurslar yaratilishiga yordam beradi.