Ijtimoiy-gumanitar fanlar

KOGNITIV QAROR QABUL QILISHNI RIVOJLANTIRUVCHI AMALIY MASHG‘ULOTLAR TIZIMI (TO‘PDAGI VA TO‘PSIZ O‘YINCHILAR HARAKATINI SEZISH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH)

gandbol, kognitiv qaror qabul qilish, vizual tahlil, mashg‘ulot tizimi, tezkor fikrlash.

Mualliflar

Ushbu maqolada gandbolchilar uchun kognitiv qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar tizimi tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor sportchilarning o‘yin davomida to‘pdagi va to‘psiz o‘yinchilarning harakatlarini tezda anglash, vaziyatni tahlil qilish va samarali qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratiladi. Mashg‘ulotlar jarayonida vizual sezgirlik, e’tibor taqsimoti va qaror tezligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi topshiriqlar tizimlashtirilgan. Mazkur yondashuv sportchilarning hujumdagi samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi