Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TEXNOGEN SIVILIZATSIYA SHAROITIDA JAVOBGARLIK ETIKASI: GANS YONAS KONSEPSIYASI

javobgarlik etikasi, Gans Yonas, texnogen sivilizatsiya, javobgarlik prinsipi, xavf evristikasi, tabiiy holizm, kelajak avlodlar, ilmiy javobgarlik, bioetika, ekologik etika.

Mualliflar

Ushbu maqolada nemis-amerikalik faylasuf Gans Yonasning texnogen sivilizatsiya sharoitida axloqiy javobgarlik konsepsiyasi tahlil qilingan. Zamonaviy texnik-texnologik taraqqiyot sharoitida javobgarlik kategoriyasining falsafiy-axloqiy ahamiyati va uning bugungi kun axloqiy muammolarini hal qilishdagi roli ochib berilgan. Yonasning "javobgarlik prinsipi" ning nazariy asoslari hamda uning kelajak avlodlar oldidagi ma’naviy mas’uliyat tushunchasi yoritilgan. Maqolada shuningdek, olimlar va ilmiy faoliyatning javobgarligi masalasi muhokama qilingan. Muallif Yonasning «xavf evristikasi» va «tabiiy holizm» konsepsiyalarining zamonaviy bioetika va ekologik etika sohalaridagi ahamiyatini ko‘rsatib bergan.