Ijtimoiy-gumanitar fanlar

REAL HAYOTGA QAYTISH: “QUROL VA INSON” VA “TEMIR XOTIN” KOMEDIYALARIDA ROMANTIK ILLUZIYALAR VA ZAMONAVIY ONG TO‘QNASHUVI

romantik illuziyalar, zamonaviy ong, qiyosiy adabiyotshunoslik, realizm, dramatik ziddiyat, kulgi va satira, insoniylik, komediya janri.

Mualliflar

Mazkur maqola Jorj Bernard Shouning “Qurol va inson” hamda Sharof Boshbekovning “Temir xotin” komediyalarini romantik illuziyalar va zamonaviy ong to‘qnashuvi nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil qiladi. Tadqiqot muammosi romantik illuziyalarning adabiyotda qanday satirik vositalar bilan fosh etilishi va realizm orqali qanday badiiy yechim topishi dolzarb estetik va ijtimoiy masala sifatida ko‘riladi. Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy, kontekstual va semiotik metodlar asosida obrazlar, syujet ziddiyatlari va kulgi mexanizmlari o‘rganilgan. Maqola romantik stereotiplarning satirik fosh etilishi va realizm orqali badiiy yechim topishini ochib beradi. Mualliflar kulgi orqali real hayot va zamonaviy tafakkurni idealistik tushunchalarga qarshi qo‘yadi. Ishning nazariy va amaliy ahamiyati adabiy ta’limga bog‘lanadi.