Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TIBBIYOT MUZEYLARI: TARIXIY SHAKLLANISH, XALQARO TAJRIBA VA TADQIQOTLAR

medical museums, museum revolution, preservation, popularisation, exposition, exhibit, pharmaceutical heritage, chronological principle, humanistic ideas

Mualliflar

Ushbu maqola tibbiyot sohasidagi muzeylarning tibbiy-madaniy merosni saqlash va ommalashtirish borasidagi ixtisoslashtirilgan institutlar sifatida tashkil qilinishi, rivojlanishi hamda bugungi kundagi faoliyatini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda jahon tibbiyot sohasidagi muzeylarning vujudga kelish va rivojlanish istiqbollari, (Qadimgi Misr, Yunoniston, Rimdagi tibbiy bilimlar va meditsina asboblarini to‘plash amaliyotlari; Gippokrat, Galen asarlari, Ebers papirusi, O‘rta Osiyoda ushbu sohada o‘z faoliyatini olib borgan buyuk olimlar va hakimlar ilmiy merosi orqali muzeylar tashkil qilish amaliyoti o‘rganib chiqilgan. Maqolada adabiyotlar va turli manbalarga asoslanib meditsina muzeylari faoliyati ilmiy-ma’rifiy muassasalar sifatida ko‘rib chiqilib, ularning asosiy vazifasi – tibbiyotning tarixiy yo‘lini ko‘rsatish uchun artefaktlarni (asbob-uskunalar, farmatsevtika obyektlari) to‘plash, saqlash va namoyish etishdan iborat ekanligi asoslab berilgan. Shuningdek, mazkur sohaga oid farmatsevtika merosining eng qadimgi faoliyat turi sifatidagi ahamiyati hamda uni muzeylashtirish zaruriyati alohida ta’kidlanadi