Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MA’RIFATPARVAR SARVEPALLI RADHAKRISHNANNING TA’LIM HAQIDAGI QARASHLARI

Sarvepalli Radhakrishnan, ta’lim, ilm-fan, empirik, sharq va g‘arb, integratsiya, idrok.

Mualliflar

Ushbu maqolada Sarvepalli Radhakrishnanning ilmiy merosini o‘rganish asosida fuqarolarning farovonligi, ularning moddiy va maʼnaviy hayotini yaxshilash yo‘lida uning ulkan saʼy-harakatlari tahlil etilgan. Sarvepalli Radhakrishnaning hind ma’orifi haqida aniq dalillarga asoslangan holda bayon etishi davlat boshqaruv tizimida mamlakat ma’naviy hayotini tartibga solishda katta yordam berganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Sarvepalli Radhakrishnan Hindiston ta’lim tizimiga katta hissa qo‘shgan hind olimlaridan biridir. U ta’lim mexanizmlari masalasini ko‘targan birinchi hind olimlaridan biri bo‘lgan va keyinchalik uning fikrlari ko‘plab taniqli olimlar tomonidan keng e’tirof etilgan