Ijtimoiy-gumanitar fanlar

YURIDIK YO‘NALISH TALABALARNING INGLIZ TILIDAGI OG‘ZAKI NUTQINI DISKURSIV KOMPETENSIYA ORQALI RIVOJLANTIRISH

diskursiv kompetensiya, idioma, frazeologik birlik, ingliz huquqiy tili, huquqshunos talabalar, og‘zaki nutq, huquqiy leksik birliklar

Mualliflar

Ushbu ilmiy maqolada eng keng tarqalgan inglizcha huquqiy iboralar o‘rganilgan bo‘lib, ularning leksik ma’nosi va qo‘llanilish xususiyatlari keltirilgan. Diskursiv kompetensiya kasbiy lug‘atning muhim qismini tashkil etadi, tilning boyligi, o‘ziga xosligi va noyobligini namoyon etadi. Shu sababli, maqolaning maqsadlaridan biri — barqaror ifodalarni o‘rganish orqali huquqshunoslik yo‘nalishidagi talabalar lug‘at boyligini sezilarli darajada oshirish va ularning ikkilamchi lingvistik shaxsini shakllantirishga hissa qo‘shishdir. Bundan tashqari, maqolada eng mashhur inglizcha huquqiy iboralarni mavzulariga ko‘ra tasniflashga harakat qilingan, bu esa talabalarga kerakli leksik birliklarni topishni ancha osonlashtiradi va samarali xorijiy tilda muloqot qilishlariga yordam beradi