Ijtimoiy-gumanitar fanlar

HUQUQIY JURNALISTIKA: MOHIYATI, FUNKSIYA VA TAMOYILLARI

journalism, media, legal journalism, functions of legal journalism, principles of legal journalism.

Mualliflar

  • Shahloxon RAXIMJONOVA O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti doktoranti, PhD, Uzbekistan

Yangi O‘zbekistonda sud-huquq islohotlarining navbatdagi bosqichida qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish strategik maqsadi qo‘yilgan. Bunda OAV, shu jumladan, huquqiy mavzuga ixtisoslashgan matbuot va internet nashrlarining ahamiyati beqiyos. Aynan huquqiy yo‘nalishdagi massmedia aholi huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirishda, ijtimoiy institutlarning inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda samarali faoliyati yoritishida katta ta’sir kuchiga ega. Shu ma’noda huquqiy jurnalistikaning shakllanishi va rivojlanishi, uning funksiya va tamoyillarini ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda huquqiy jurnalistika tabiati, funksiyalari, maqsad va vazifalari ilmiy jihatdan asoslab beriladi.