Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SHUHRAT ASARLARIDA “URUSH” MILLIY ISTIQLOL VA BIRLIKNING POYDEVORI SIFATIDA

Ikkinchi jahon urushi, milliy birlik, istiqlol, vatanparvarlik, badiiy obraz, poetika, ballada, roman, lirika, xalq ruhi, adabiy tahlil.

Mualliflar

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri bo‘lgan yozuvchi, shoir va dramaturg Shuhrat (G‘ulom Alimov) ijodida urush mavzusining badiiy talqini tahlil qilinadi. Adibning nasriy va lirik asarlarida Ikkinchi jahon urushi manzaralari faqat tarixiy hodisa emas, balki milliy istiqlol, Vatanga sadoqat, birlik va mardlik timsoli sifatida yoritiladi. Tadqiqotda adibning urushda ishtirok etgan hayotiy tajribalari va badiiy yondashuvlari, milliy ruh va ma’naviyatni ifodalovchi poetik jihatlari, xususan, folklor an’analaridagi parallelizm usulidan foydalanganligi ilmiy tahlil qilinadi