Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TILSHUNOSLIKKA OID TADQIQOTLARDA “MATN” TUSHUNCHASINING IFODALANISHI

tilshunoslik, matn, til birligi, tushuncha, kommunikatsiya.

Mualliflar

Mazkur maqolada tilshunoslikda “matn” tushunchasining talqini, uning ta’riflari, tasnifi, o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. Maqolaning maqsadi – tilshunos olimlarning “matn” tushunchasi haqidagi fikrlarini o‘rganish va ularni tahlil etishdan iborat. Bugungi kunda matn tan olingan asosiy kommunikativ birliklardan biri bo‘lib, uni o‘rganishga zamonaviy tilshunoslikda qiziqish tobora ortib bormoqda. Lekin matnning o‘ziga xos tuzilishi va ma’no birliklari faqat tilshunoslikning emas, boshqa fan sohalari, jumladan, semiotika, psixologiya, kibernetika, gumanitar fanlar metodikasi kabilarning ham tadqiqot obyekti hisoblanadi