Ijtimoiy-gumanitar fanlar

IBRAYIM YUSUPOV ANIMALIZMINING FOLKLOR ILDIZLARI

Ibrayim Yusupov, animalistik obrazlar, qoraqalpoq folklori, bulbul, ilon, kiyik, bo‘ri, boyo‘g‘li, zag‘izg‘on, ot, ramziy ma’no, falsafa, milliy an’ana, ekologik tafakkur, poetik talqin

Mualliflar

Ushbu maqolada Ibrayim Yusupov she’riyatidagi animalistik obrazlar tahlil qilinib, ularning qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi — ertaklar, dostonlar va afsonalar bilan bo‘lgan uzviy aloqasi ochib beriladi. Muallif bulbul, ilon, ot, bo‘ri, boyo‘g‘li, zag‘izg‘on va kiyik kabi folklor obrazlari orqali xalqning falsafiy va axloqiy qadriyatlarini poetik uslubda aks ettiradi. Ayniqsa, yaxshilik va yovuzlik, hayot va o‘lim, inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik kabi mavzular folklor ramzlari yordamida chuqur ifodalangan. Yusupov xalq an’analarini faqat saqlab qolish bilan cheklanmay, ularni zamonaviy qarashlar, ekologik tafakkur va shaxsiy badiiy yondashuv bilan boyitgan. Maqolada shoirning folklor obrazlariga yangicha falsafiy mazmun baxsh etishdagi mahorati yoritiladi