Ijtimoiy-gumanitar fanlar

METAFORA-FENOMEN KONSEPTUAL METAFORANING BIR TURI SIFATIDA

Konseptual metafora, metafora-fenomen, hissiy kechinma va tajriba, ruhiy holat, metaforik model.

Mualliflar

  • Feruza MAMATOVA O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, PhD Namangan Davlat chet tillari instituti DSc mustaqil tadqiqotchisi , Uzbekistan

Metaforalarning insoniy tajriba va emotsional kechinmalarni ifodalashdagi roli nihoyatda ahamiyatlidir, chunki ular individning ichki psixologik holatlari va ongiy jarayonlarini chuqur va murakkab tarzda tasvirlash imkonini beradi. Aksariyat hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri izohlanishi mushkul bo‘lgan emotsional holatlarni verbal shaklda ifodalash uchun metaforalar kuchli semiotik vosita sifatida xizmat qiladi. Agar metafora shaxsiy tajriba yoki ruhiy holatni muvaffaqiyatli aks ettira olsa, u nafaqat individual hissiyotlarni yetkazadi, balki auditoriyada ham empatik rezonans uyg‘otib, ularni voqelikni boshqa birovning subyektiv tajribasi orqali idrok etishga undaydi. Maqolada konseptual metaforaning bir turi sifatida metafora-fenomen shakli haqida tahlillar olib borilgan.