Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ABDULHAMID CHO‘LPONNING “KECHA VA KUNDUZ” ROMANIDAGI KRAETIVLIK G‘OYALARI

Choʻlpon, Kecha va kunduz, kreativlik, badiiy tafakkur, ramziy obraz, milliy uygʻonish, estetik yangilik, adabiy innovatsiya, ayol obrazi, jadid adabiyoti.

Mualliflar

  • Dilnoza UMOROVA Urganch davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti , Uzbekistan

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yirik vakili bo‘lgan Choʻlponning “Kecha va kunduz” romanidagi kreativlik g‘oyalari tahlil etiladi. Asarda muallif tomonidan yangicha badiiy yondashuv, obraz yaratish mahorati, zamonaviy tafakkur va ramziy ifodaning o‘ziga xos uyg‘unligi namoyon bo‘ladi. Maqolada romandagi estetik yangiliklar, individual psixologik tahlillar, ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar va ayol obrazi orqali berilgan erkinlik konsepsiyasi asosiy tahlil obyektlari sifatida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, asarda aks etgan kreativlik g‘oyalari milliy adabiyotimizda yangi bosqichni boshlab bergani yoritilgan. Mazkur tadqiqot Choʻlpon ijodining badiiy-estetik mohiyatini chuqur anglash va zamonaviy adabiy jarayonlar bilan bog‘lashga xizmat qiladi