Ijtimoiy-gumanitar fanlar

GLOBALLASHUV VA YОSHLARNING HARBIY VATANPARVARLIK TARBIYASIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI

Globallashuv, yoshlar, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi, umuminsoniy qadriyatlar, qadriyatlar uyg‘unligi, milliy o‘zlik, mas’uliyat, axborot xurujlari, immunitet, pedagogik model, tarbiya usullari, ta’lim muassasasi, jamoat tashkiloti, pedagoglar malakasi.

Mualliflar

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi insonni yanada Vataniga sadoqatli, vafodor bo‘lishga undashi bilan birga uning himoyasini doimo ta’minlashga da’vat etadi. Mamlakatda harbiy vatanparvar yoshlar sonining ortishi yurtning kuchiga kuch, qudratiga qudrat qo‘shadi. Globallashib borayotgan dunyoda yoshlar ta’limi, tarbiyasi kechiktirib bo‘lmas vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Yoshlar tarbiyasini milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida qurish, tarbiyaning samaradorligini oshishiga, ta’siri va ko‘lamini yanada kengayishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, yurtidan faxrlanish tuyg‘usini his qilish, Vatan oldidagi burchini anglab yеtish kabi tuyg‘ular rivojlanishida ko‘makdosh bo‘ladi.