Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MADANIYAT VA SIYOSAT DIALEKTIKASI - NAZARIY VA AMALIY YONDASHUVLAR

Cultural policy, political governance, soft power, creative industries, digital transformation, international indexes, Uzbekistan, Turkey experience, SWOT analysis, cultural diplomacy

Mualliflar

  • Ozodbek NAZARBEKOV, Y.Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati insituti professori, Uzbekistan

Ushbu maqolada madaniyat va siyosat o‘rtasidagi dialektik munosabatlar nazariy va amaliy jihatdan tahlil etiladi. Maqolada madaniy siyosatning shakllanishi, institutsional omillari, raqamli transformatsiyadagi o‘rni va xalqaro tajribalar (Turkiya, Janubiy Koreya, Fransiya) asosida O‘zbekiston holati bilan qiyosiy tahlil olib borilgan. Xususan, yumshoq kuch (soft power), kreativ industriyalar, madaniyat diplomatiyasi va xalqaro indekslar (GCI, CDI, Soft Power Index) mezonida madaniy siyosatning natijadorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Maqolada SWOT tahlil, case-study va indikatorli yondashuv asosida amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Madaniyat siyosatini faqat estetik muhit emas, balki ijtimoiy-siyosiy boshqaruvning muhim vositasi sifatida baholash ushbu tadqiqotning asosiy yangiliklaridan biridir.