Ijtimoiy-gumanitar fanlar

OKS VA ELAM YOZUVINING SHAKLLANISHI VA ULARNING QADIMGI SHARQ SIVILIZATSIYASIDAGI O‘RNI

Oks, Elam, piktografik yozuv, Shahr-i So‘xta, Kattabuloq, sivilizatsiya, xo‘jalik faoliyati, astronomik bilimlar, taqqoslash.

Mualliflar

Mazkur maqolada qadimgi Oks va Elam sivilizatsiyalari piktografik yozuvi o‘rtasidagi o‘xshashliklar tizimli tarzda tahlil qilingan. Elam piktografik yozuvi Tepe Yahyo, Shahr-i So‘xta, Shahdod kabi yodgorliklardan topilgan sopol buyumlardagi belgilar asosida o‘rganilgan. Oks sivilizatsiyasi yodgorliklari – Jarqo‘ton, Dashli, Kattabuloq va boshqa hududlardan topilgan belgilar Elam yozuvi bilan shakl va mazmun jihatidan o‘zaro muvofiqligi bilan ajralib turadi. Maqolada piktogrammalar orqali qadimgi jamiyatlarning xo‘jalik faoliyati, dehqonchilik, sug‘orish tizimi, diniy tasavvurlar va astronomik bilimlariga oid belgilar taqqoslangan.