Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ELAM YOZMA MANBALARIDA BOXTAR TARIXI (MILODDAN OLDINGI VI–IV ASRLAR)

Eron Ahamoniylar davri, Turon, Boxtar satrapligi, Elam yozma manbalari, Persepol istehkom arxivi, Persepol xazina arxivi

Mualliflar

Boxtar - Turonning Amudaryo o‘rta oqimida Hisor tizmasi va Hindikush oralig‘ida joylashgan (hozirgi Janubiy O‘zbekiston, Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg‘oniston va Janubi-sharqiy Turkmaniston) tarixiy-madaniy o‘lka hisoblanadi. Ushbu tarixiy-madaniy o‘lka mil. avv. VI-IV yuzyilliklarda Ahamoniylar saltanati tarkibiga kirgan bo‘lib, ushbu davrda bu hududda mahalliy davlatchilik boshqaruv an’analari yanada rivojlantirilgan. Ahamoniylar imperiyasining asosiy satraplik hududlaridan biri bo‘lgan Boxtar satrapligi tarixi Ahamoniylar bitiklari, Elam, Bobil, Oromiy, Finikiya, Misr, Lidiya, Kariya, Likiya, Yunon va lotin kabi bir qancha yozma manbalarda qisman yoritib o‘tilgan. Ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish Boxtar satrapligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarixi, aholining turmush tarzi haqida qimmatli ma’lumotlar olishga yordam beradi. Ushbu maqolada Boxtar satrapligining Elam yozma manbalarida yoritilishi ilmiy jihatdan tahlil qilingan.