Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ALISHER NAVOIY FARDLARIDA E’TIQODIY TARTIB 2

Fard, ta’ma, xazina, rizq, tosh, yoqut, nafs.

Mualliflar

Alisher Navoiyning har bir asari alohida ahamiyat va e’tiborga loyiq. Undagi har bir so‘z ma’lum maqsad va ma’noda ishlatiladi. Darhaqiqat, u xoh yirik, xoh kichik badiiy asar bo‘lsin, bundan chetda qolmaydi. Bu maqolada uning yirik asarlari tadqiqiga emas, aksincha, hajman kichik, badiiyati yuqori, mazmuni teran bo‘lgan fardlariga to‘xtalinadi. Bu kichik asarlarni o‘rganish, ularni o‘z mazmun va badiiyati bilan namoyish etish bugungi kunimizning dolzarb mavzularidandir. Tadqiqot ishini amalga oshirishda muqaddas Qur’oni Karimning ma’nolari tarjimasi va uning tafsiriga tayanildi. Ishning natijasi sifatida, muallif o‘z fikrmulohazalarini bayon etadi. O‘z davrida har bir devon tuzgan shoirlar barcha nazmiy janrlarni qamrab olishga va ularni tartib bilan joylashtirishga e’tibor qaratgan. Alisher Navoiy hazratlari ham bu an’anani yuqori saviyada davom ettirgan. Shu jihatdan, bu kichik tadiqot uning fardlari tadqiqiga bag‘ishlanadi. Bunda muallif zamon va makon nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda Navoiy fikrlarini tahlil qiladi.