Ijtimoiy-gumanitar fanlar

FRAZEMALAR NEMIS VA O‘ZBEK TILI METOD VA YONDASHUVLARI TAHLILIDA

Frazeologiya, frazeologik birlik, nemis tili, o‘zbek tili, tarjima, semantika, madaniyatlararo farqlar

Mualliflar

Mazkur ishda nemis va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarning tuzilishi, ma’nosi va qo‘llanilish xususiyatlari solishtirma tahlil asosida o‘rganilgan. Har ikkala tildagi frazeologizmlar milliy madaniyat, urf-odat, tarixiy tafakkur va xalq mentalitetini aks ettiruvchi muhim til birligi sifatida qaraladi. Tadqiqotda frazeologik birliklarning semantik va grammatik xususiyatlari, ularning tarjima qilinishi va ekvivalentlik darajasi tahlil qilingan. Shuningdek, o‘zbek va nemis tillaridagi o‘xshash va farqli jihatlar ko‘rsatilib, tarjima jarayonidagi muammolar va ularni hal etish yo‘llari haqida fikr yuritilgan. Ish natijalari tilshunoslik, tarjimashunoslik va madaniyatlararo kommunikatsiya sohalarida amaliy ahamiyatga ega