Ijtimoiy-gumanitar fanlar

GLОBАLLАSHUV SHАRОITIDА YОSHLАR MА’NАVIYАTINI MАFKURАVIY XURUJLАRDАN HIMОYА QILISH MАSАLАSI

Globallashuv, globallashuv jarayoni, geosiyosiy, global kommunikatsiya, ommaviy madaniyat, informatsion-mafkuraviy tahdidlar, diniy-ekstremistik xurujlar, mafkura, madaniyat, umumsayyoraviy tartib, tamadduniy bosqich

Mualliflar

##submission.versions##

Hozirda globallashuv butun dunyo mamlakatlarida jiddiy baxs-munozaraga aylangan, ijtimoiy-tarixiy ahamiyat kasb etgan jarayon sifatida qaralmoqda. Aslida globallashuv nima, globallashuv jarayonining ma’no-mohiyati nimadan iborat? Buning boisi shundaki, XX asrning oxiri – XXI asrning boshida jahon taraqqiyotida yangi umumsayyoraviy tartib, tamadduniy bosqich mazmun-mohiyati, davlatlar va kishilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozorida tamoman yangicha vaziyatning vujudga kelishi, atrof-muhitga texnogen ta’sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi, informatsion-mafkuraviy va diniy-ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishi, xullas, jamiyat hayotining barcha sohalari – iqtisodiyot, siyosat, mafkura, madaniyat, hatto shaxsiy turmush tarzini qamrab olgan globallashuv jarayoni bilan bog‘lanmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki mazkur jarayon global kommunikatsiya tarmog‘ining vujudga kelishiga imkon yaratgan informatsion inqilob, kapitalning internatsionallashuvi, jahon bozorida raqobatning kuchayishi, tabiiy zaxiralar taqchilligi va ularga egalik qilish uchun kurashning jiddiylashuvi, ommaviy qirgin qurollarining tarqalishi, umumsayyoraviy falokat xavfi kabi omillar bilan belgilanadi. Ana shu omillarning o‘zaro bog‘likligi, bir-biri bilan tutashib ketishida globallashuv jarayonining ziddiyatli hamda murakkab mohiyati namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada mazkur jarayonning ayrim jihatlari xususida so‘z boradi.