NIKOH-OILA MUNOSABATLARI PSIXOLOGIYASINI O‘RGANISHNING USLUBIY METODIK JIHATLARI

Oila, nikox,nikoh munosabatlari, shaxslararo munosabatlar, o‘zbek milliy madaniy muhiti, er-xotinlar, anketa so‘rovi, shaxs psixologiyasi, o‘zbek oilalari

Mualliflar

  • Nazira MAMATOVA Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi, Uzbekistan

Maqolada oilaviy shaxslararo munosabatlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim omillar va ularning baholanishi masalalari, nikoh - er bilan xotin o‘rtasidagi munosabatlar, er-xotin zarur insoniy sifatlar xususidagi qarashlar bayon etilgan. Shu bilan birga mazkur maqolada oilaning insonga yo‘nalganligi xususiyatidan kelib chiqqan holda, o‘zbek milliy-madaniy muhitidagi oilaviy munosabatlarni insonparvarlashtirish imkoniyatlarini aniqlash, o‘zbek oilalarining shaxslararo munosabatlari barqarorligini ta’minlovchi omillarni ahamiyatini aniqlash bo‘yicha er-xotinlar bilan o‘tkazilgan anketa so‘rovining natijalari berildi.