Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ СИСТЕМЫ ПОЛИТИЧЕСКОГО УПРАВЛЕНИЯ В «УЛОЖЕНИЯХ ТЕМУРА» И В ПРОИЗВЕДЕНИИ МОНТЕСКЬЕ “О ДУХЕ ЗАКОНОВ”

Monarxiya, qonunlar, absolutizm, hokimiyatlar bo‘linishi, uch hokimiyat tarmog‘i, o‘rta asrlar davridagi Sharq boshqaruv tizimi, Bobur, boburiylar, cheklangan monarxiya, sulolaviy boshqaruv, intizom, tartib, erkinlik, mas’uliyat

Mualliflar

Ushbu maqolada “Temur tuzuklari”da bayon etilgan siyosiy boshqaruv tizimi bilan Montesquening Qonunlar ruhi haqida nomli asarida keltirilgan siyosiy tizim o‘rtasida qiyosiy tahlil o‘tkazishga urinish qilingan. Temuriylar davridagi siyosiy boshqaruv Sharq madaniyatining o‘rta asrlar davriga xos bo‘lgan, konstitutsiya bilan cheklanmagan monarxik va absolutistik boshqaruv shakliga mos kelgan. Montesquening davri esa, aksincha, ma’rifatparvarlik davri bo‘lib, unda ma’rifatli va cheklangan monarxiya g‘oyasi ilgari surilgan. Shu sababli, ushbu ikki asarning siyosiy tuzumga oid mazmuni bir-biridan keskin farq qiladi. Ushbu farq maqolaning asosiy tahlil obyektini tashkil etadi