Ijtimoiy-gumanitar fanlar

OʻZBEKISTONDA YOSHLAR ORASIDA INTERNETGA QARAMLIKNING IJTIMOIYLASHUVI

Internet, yoshlar, ijtimoiylashuv, guruh, muloqot, sotsiologiya

Mualliflar

  • Nazokat ARTIKBAYEVA Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi tayanch doktoranti, Uzbekistan

Maqolada internetdan foydalanish orqali yoshlar ijtimoiy hayotida yuzaga kelayotgan oʻzgarishlar sosiologik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Internet yoshlar uchun shaxsiy aloqalar oʻrnatish, guruhlarga qoʻshilish, jamoaviy faollikda ishtirok etish imkonini beruvchi ijtimoiy muhit sifatida koʻrib chiqilgan. Maqolada internet faoliyati shaxsning ijtimoiy mavqeyi, muloqot strategiyasi va ijtimoiy institutlar bilan munosabatiga ta’siri nuqtai nazaridan baholangan. Tahlillar mahalliy va xalqaro manbalar, rasmiy statistik ma’lumotlar va ilmiy nazariyalarga tayangan holda olib borilgan.