Ijtimoiy-gumanitar fanlar

PAXTA TOZALASH SANOATI XODIMLARI MEHNAT SHAROITI XAVFSIZLIGINI O‘RGANISH

Mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitlari, ishlab chiqarish xavfsizligi, paxta tozalash sanoati, yoritilganlik, jarohat, kasb kasalligi.

Mualliflar

Maqolada paxta tozalash sanoatidagi mehnat sharoitlari xavfsizligi o‘rganilgan. Statistik ma’lumotlarga asoslanib, ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar va kasb kasalliklari sabablarini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar, sanitariya-gigiyenik sharoitlar, ayniqsa ish joylaridagi yoritilganlik darajasining jarohatlanishga ta’siri diqqat bilan o‘rganildi. Shikastlanishning yuqori darajasini ish joylarini tashkil etish va saqlashda mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena me’yorlari va qoidalariga rioya qilmaslik, ya’ni yuqori shovqin darajasi, ish joyida chang kontsentratsiyasi, ish joylarining noratsional va yetarli darajada yoritilmaganligi bilan izohlash mumkin.