Ijtimoiy-gumanitar fanlar

OLIY TA'LIM TIZIMIDA HUQUQIY MADANIYATNI OSHIRISHGA QARATILGAN QO‘LLANMA: QIYINCHILIKLAR VA MUAMMOLAR

huquqiy madaniyat, huquqiy ong, pedagogik amaliyot, kompetensiyaviy yondashuv, ijtimoiy hamkorlik, ta’lim, huquq ustuvorligi, fuqarolik faolligi

Mualliflar

Mazkur maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatning mohiyati, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda huquqiy davlatni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Pedagogik amaliyotda huquqiy ongni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar – o‘quv dasturlari, ta’lim metodlari, huquqiy intizom, tashqi ijtimoiy ta’sirlar va o‘qituvchining shaxsiy namunasiga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada, shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimidagi kompetensiyaviy yondashuvning o‘rni va ijtimoiy hamkorlikning ta’lim sifati va samaradorligiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Muallif oliy ta’lim tizimi tarixini yoritgan holda, ta’lim samaradorligini oshirishda ijtimoiy, iqtisodiy va boshqaruv omillari o‘rtasidagi uyg‘unlik zarurligini asoslab beradi