Ijtimoiy-gumanitar fanlar

AMIRIY SHE’RIYATIDA AN’ANAVIY OBRAZLAR

Amiriy, an’anaviy obrazlar, timsol, g‘azal, ishq, tasavvuf, oshiq, ma’shuqa, visol, hijron.

Mualliflar

Mazkur maqolada shoir amir Umarxon – Amiriy hayot yo‘li va ijodi haqida so‘z yurutiladi. Mumtoz she’riyatimizda an’anaviy obrazlarga alohida e’tibor beriladi. She’rning ta’sirchanligini oshirishda, tasviriy ifodalar, she’riy san’atlardan mohirona foydalanishda, insoniy tuyg‘ularni, tasavvufiy g‘oyalarni ochib berishda muhim vosita sanaladi. Ayniqsa, Amiriy el-yurt dardi, orzu-umidlari, milliy qadriyatlari, qalb pokligi, iymon butunligi, Yaratganga oshuftalik kabi bir qancha mavzularda qalam tebratadi. Maqolamizda ushbu jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi.