Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TURLI EMOTSIONAL HOLATLARDA VAQTNI IDROK QILISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Psixika, depressiya, affekt, terapiya, kompulsivlik, obsessivlik, reabilitatsiya.

Mualliflar

Ushbu maqolada turli emotsional holatlarda vaqtni idrok qilishning psixologik xususiyatlari haqida so‘z boradi. Vaqt juda subyektiv narsa. Uni idrok etish ko‘plab omillarga bog‘liq: tana harorati, yosh, ruhiy va jismoniy holat. Shunday bo‘lsa-da, biz kundalik va ish jarayonlarimizni tartibga solish uchun vaqtdan doimiy ravishda foydalanamiz: ko‘plab jadvallar tuzamiz, muddatlarni rejalashtiramiz, vazifalar tizimida ish vaqtimizni hisoblaymiz. Keyin reja va haqiqiy natijalarni tahlil qilib, hayron bo‘lamiz: nega yana puxta o‘ylangan muddatlarga amal qila olmadik. Sirli vaqt esa bizdan yana qochib ketaveradi. Vaqtni idrok qilishning emotsional holatlardagi xususiyatlarini o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy psixologiya uchun ham dolzarbdir.