Tabiiy fanlar

JANUBIY AUMINZA INTRUZIVI AKSESSOR MINERALLARI (AUMINZA TOG‘LARI)

Markaziy Qizilqum, Auminza tog‘i, Janubiy Auminza intruzivi, aksessor minerallar, qo‘shimcha elementlar

Mualliflar

  • Elmurod AMIROV, Geologiya fanlari universiteti katta ilmiy xodimi, g.-m.f.f.d., PhD,dotsent, Uzbekistan
  • Olimjon QODIROV, Geologiya fanlari universiteti Registrator ofisi bo‘limi boshlig‘i, PhD, Uzbekistan

Maqolada Markaziy Qizilqumning Auminza tog‘laridagi Janubiy Auminza intruziv kompleksi tog‘ jinslaridagi aksessor minerallarini zamonaviy tahlil usullari yordamida o‘rganish xulosalari keltirilgan. Aniqlangan minerallar I.X.Xamrabayevning tasnifi bo‘yicha guruhlangan va ularning tavsifi keltirilgan hamda natijalar mavjud ma’lumotlar bilan taqqoslangan.