Tabiiy fanlar

QARSHI VA TERMIZ SHAHARLARIDAGI O‘QUVCHILARNING JISMONIY RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARINI QIYOSIY XARAKTERISTIKASI

antropometrik ko‘rsatkichlar, shahar maktabi o‘quvchilari, tana vazni, bo‘y uzunligi, ko‘krak qafasi aylanasi, Ketle indeksi.

Mualliflar

Maqolada Qarshi va Termiz shaharlaridagi 7-17 yoshli o‘g‘il bolalarning tana vazni, bo‘y uzunligi, ko‘krak qafasi aylanasi hamda Ketle indeksi ko‘rsatkichlarining qiyosiy xarakteristikasi keltirilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, o‘quvchilarning barcha yosh guruhlarida tana vazni, bo‘y uzunligi va Ketle indeksida farq aniqlanmadi. Ko‘krak qafasi aylanasi ko‘rsatkichlari Termiz shahrida Qarshi shahridagi o‘quvchilarga nisbatan yuqoriligi kuzatildi.