Tabiiy fanlar

QASHQADARYO VILOYATINING SUG‘ORILADIGAN YERLARIDA SIZOT SUVLARI SATHINING O‘ZGARISH TENDENSIYALARI VA ULARNI OPTIMALLASHTIRISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI

Qarshi cho‘li, konussimon delta, berk havza, gidrogeologik holat, eko-meliorativ

Mualliflar

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan yerlari gidrogeologik jihatdan o‘rganilib, sizot suvlar sathining dinamikasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda avvalgi yillarda o‘tkazilgan ilmiy ishlar natijalari bilan hozirgi holat solishtirilib, suv sathidagi ijobiy o‘zgarishlar ko‘rsatib berilgan. Jumladan, 1990-yilda sizot suvlari sathi 2 metr va undan kam bo‘lgan maydonlar 2024-yilga kelib sezilarli darajada qisqarganligi aniqlangan. Bu o‘zgarishlar suv resurslarini boshqarishdagi samaradorlik ortgani bilan izohlanadi.