Tabiiy fanlar

GAIA DR2 DOIRASIDA SHARSIMON YULDUZ TO‘DALARI KUZATUV MA’LUMOTLARINING TAHLILI (+25 TO‘DA)

: sharsimon yulduz to‘dalari, strukturaviy parametrlar, sirt zichligi, kosmik kuzatuvlar.

Mualliflar

Sharsimon yulduz to‘dalari (ShYT) - yulduzlar dinamikasi va Galaktika tuzilishini o‘rganishda muhim tizimlar bo‘lib, ularning ko‘rinma sirt son zichligi profillari orqali tahlil qilinadi. Oldingi tadqiqotimizda biz Gaia DR2 ma’lumotlaridan foydalangan holda 81 ta ShYTning ko‘rinma son zichligini tahlil qilgan edik. Ushbu ishda de Boer va boshqalar (2020) tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha 25 ta to‘daning zichlik profillari asosida tahlil o‘tkazdik. King modeli va kichik kvadratlar usuli yordamida ushbu to‘dalarning 15 tasi uchun strukturaviy parametrlar — konsentratsiya parametri (β), yadro radiusi (r₀) va markaziy sirt zichligi (σ₀) - hisoblab chiqildi. Qolgan 10 ta to‘da esa nostandart profillarga yoki markaziy konsentratsiyaning yetarli emasligiga ko‘ra tahlildan chiqarib tashlandi.