Tabiiy fanlar

SIRDARYO VILOYATI O‘SIMLIK QOPLAMINING NDVI KO‘RSATKICHLARI VA UNING TAHLILI

NDVI, o‘simlik qoplami, Sirdaryo viloyati, qishloq xo‘jaligi, NIR, Red.

Mualliflar

Ushbu maqola Sirdaryo viloyatida 2023 yilda o‘simlik qoplamining holatini NDVI (Normalized Difference Vegetation Index) ko‘rsatkichi asosida tahlil qiladi. Tadqiqot viloyatning 1:250 000 masshtabli xaritasidan foydalanib, o‘simlik zichligining geografik taqsimotini o‘rgandi. Yuqori NDVI qiymatlari viloyatning markaziy va janubiy hududlarda, past qiymatlar esa shimoliy hamda g‘arbiy qismlarda kuzatildi. Maqola qishloq xo‘jaligi rivojlanishi uchun sug‘orish tizimlarini takomillashtirish va past zichlikli hududlarda agrotexnologiyalarni joriy etishni tavsiya qiladi. Tadqiqot Sirdaryo viloyatining ekologik va iqtisodiy salohiyatini baholashda muhim ma’lumotlar taqdim etadi.