Tabiiy fanlar

QODIRYA GEOLOGIK KЕSIMIDAGI LYOSSIMON YOTQIZIQLARINING PALЕOMAGNIT XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH

lyossimon yotqiziqlar, to‘rtlamchi davr, eopleystotsen, pleystotsen, golotsen, paleomagnetizm, geomagnitli anomaliya, magnit sezuvchanlik, tabiiy qoldiq magnitlanish.

Mualliflar

Mazkur maqolada Qodirya kesimi lyossimon yotqiziqlar uchun olib borilgan tadqiqot natijalari aks ettirilgan. Unda lyossimon jinslarning to‘g‘ri va teskari magnitlanish intervallarini aniqlash va o‘rganilayotgan kesimdagi lyossimon yotqiziqlarining paleomagnit xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Natijada eopleystotsen va golotsen yotqiziqlarining pleystotsen yotqiziqlariga nisbatan magnitlanishi pastroq ekanligini ko‘rsatdi. Tabiiy qoldiq magnitlanishining jadal ortishi Yer magnit maydonining barqaror tabiati bilan muvofiqlashadi, o‘tish davri va geomagnit maydon qisqa vaqtli davri bilan qisman va jinslardagi litologik o‘zgarishlar bilan esa bog‘liq emasligini ko‘rsatdi.