Tabiiy fanlar

BUXORO VILOYATINING CHO‘L VA CHALA CHO‘L HUDUDLARIDA ISTIQOMAT QILAYOTGAN MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANISH HOLATINI BAHOLASH (OLOT VA G‘IJDUVON TUMANLARI MISOLIDA)

Buxoro viloyati, cho‘l hududlari, maktab yoshidagi bolalar, jismoniy rivojlanish, antropometrik o‘lchovlar, bo‘y uzunligi, tana massasi, bosh aylanasi, ko‘krak qafasi aylanasi, tana massa indeksi, ekologik sharoitlar, sog‘liq monitoring.

Mualliflar

Ushbu maqolada Buxoro viloyatining cho‘l va chala cho‘l hududlari, xususan Olot va G‘ijduvon tumanlarida istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanish holati tahlil qilindi. Tadqiqot doirasida bolalarning bo‘y uzunligi, tana massasi, bosh aylanasi, ko‘krak qafasi aylanasi kattaligi va tana massa indeksi (TMI) zamonaviy antropometrik usullar yordamida baholandi va respublikamizda qabul qilingan tegishli normativlar bilan solishtirildi. Iqlim, ekologik va ijtimoiy sharoitlarning bolalarning rivojlanishiga ta’sirini aniqlash asosida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport infratuzilmasini rivojlantirish va tibbiy-pedagogik monitoringni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.