Tabiiy fanlar

DATISCA CANNABINA L. O‘SIMLIGINING FLAVONOIDLARI VA BIOLOGIK FAOLLIGI

Datisca cannabina L., galangin, kempferol, kversetin, datiscetin va rutin.

Mualliflar

  • Dilnozaxon AXMEDOVA O‘zR FA akademik S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti,Lipidlar kimyosi laboratoriyasi tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Adxam G‘ANIYEV O‘zR FA akademik S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Fizikaviy tadqiqot usullari laboratoriyasi tayanch doktoranti,, Uzbekistan
  • Xayrulla BOBAKULOV, O‘zR FA akademik S.Y.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Fizikaviy tadqiqot usullari laboratoriyasi mudiri, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim, Uzbekistan
  • Damir MANSUROV, O‘zR FA akademik S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Genetika laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Sabir NISHANBAYEV, O‘zR FA akademik S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Lipidlar kimyosi laboratoriyasi mudiri, kimyo fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim, Uzbekistan
  • Dilafro‘z MAXKAMOVA, CAMU xalqaro tibbiyot instituti, Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi, Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fani assistenti,, Uzbekistan

Datisca cannabina L. o‘simligi tabbiy biologik faol metabolitlarga boy bo‘lib, ular orasida flavonoidlar miqdor jihatdan dominant hisoblanadi. Shuning uchun Datiscaceae oilasiga mansub bo‘lgan, O‘zbekiston florasida o‘sadigan Datisca cannabina L. o‘simligining flavonoidlari ajratib olinib, fizikaviy tadqiqot usullari yordamida ularning tuzilishi identifikatsiya qilindi hamda flavonoidlar yig‘indisining bakteriya va zamburug‘larga qarshi faolliklari aniqlandi. Etilasetat fraksiyadan kolonkali xromatografiya yordamida galangin, kempferol, kversetin, datiscetin va rutin flavonoidlari ajratib olindi. Bakteriya va zambrug‘larga qarshi faolligi modifikatsiyalangan agar-agar diffuziya usuli yordamida oʻrganildi.