Tabiiy fanlar

ARTEMISIA ANNUA L. O’SIMLIGIDAGI BA’ZI TERPENOIDLARNING KOMPYUTER DASTURLARI YORDAMIDA BIOLOGIK FAOLLIKLARINI O’RGANISH

Artemisia annua, efir moylari, terpenoid, biologik faollik, kontsentratsiya, alfa-pinen, kamfora, evkaliptol, 8RSS, AutoDock, oqsil.

Mualliflar

Ushbu qo‘l yozmada alfa-pinen, kamfora va evkaliptol moddalari mikroorganizmlarning maqsadli oqsillari bilan bog‘lanish qobiliyatini molekulyar docking usuli orqali o‘rganildi. Tadqiqot natijalari ushbu tabiiy birikmalarning potensial antimikrob xossalarga ega ekanligini ko‘rsatdi. Alfa-pinen, kamfora va evkaliptollar kabi terpenoidlarni ajratib olish va izolyatsiya qilish, shuningdek, molekulyar biriktirish texnikasidan foydalangan holda ularning biologik faolligini baholash haqida so‘z yuritiladi. Olingan bog‘lanish energiyalari va ligand-oqsil komplekslarining barqarorligi ularning biologik faolligini tasdiqlaydi. Molekulyar docking - bu kichik molekula (ligand) oqsil yoki nuklein kislota (retseptor) bilan qanday o‘zaro ta’sir qilishini bashorat qilish uchun ishlatiladigan hisoblash usuli hisoblanadi