Tabiiy fanlar

BIOMADIFIKATSIYALANGAN PAXTA MATOSINIG MIKROSTRUKTURASI VA KAPILLYARLIGI

selluloza, ferment, modifikatsiya, struktura, IQ-Fur’ye spektr.

Mualliflar

  • Камола ФАЙЗУЛЛАЕВА Адхам РАФИКОВ Базовый докторант Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности,Профессор Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности , Uzbekistan
  • Дилноза УТКУРОВА Базовый докторант Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности , Uzbekistan

Paxta matosi sellulozasini α-amilaza va lipaza fermentativ kompleksi bilan biologik modifikatsiya qilindi, so‘ngra aktiv bo‘yovchi modda bilan bo‘yaldi. IQ-Fur’ye spektroskopik metod bilan dastlabki xom matoni, an’anaviy sovun-sodali va fermentativ usulda ishlov berilgan, hamda bo‘yalgan matolarni mikrostrukturasi tadqiq etildi. Spektrlar tahlili, ajralib chiqqan qandlar miqdori va matolar kapillyarligining ko‘rsatishicha, an’anaviy usuldan farqli ravishda, fermentativ ishlov berilganda selluloza strukturasidan faqatgina ohorni emas, balki karbonil, yog‘ va mumsimon qo‘shimchalarning ham ajralib chiqishi sodir bo‘ladi. Sellulozaning struktur o‘zgarishlari paxta matosini aktiv bo‘yovchilar bilan samarali pardozlash uchun qulay sharoitlarini vujudga keltiradi