Tabiiy fanlar

SINTETIK GEKSAPLOID BUGʻDOY TIZMALARIDAN SELEKSION-GENETIK TADQIQOTLAR UCHUN YUQORI DON SIFATIGA EGA GENOTIPLAR TANLASH

sintetik bug'doy, sariq zang, AUDPC, don sifati, oqsil, kleykovina, 1000 ta don vazni

Mualliflar

  • Abbos ELMURODOV OʻzR FA Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti tayanch doktoranti , Uzbekistan

Ushbu tadqiqotda sintetik geksaploid bugʻdoy tizmalarining don sifat ko‘rsatkichlari o‘rganildi va ular rayonlashtirilgan navlar bilan taqqoslandi. Natijalarga ko‘ra, eng yuqori oqsil va kleykovina miqdori Ukr-Od 952.92/Ae.Squarrosa (34), Ukr-Od 952.92/Ae.Squarrosa (31), Aisberg/Ae.Squarrosa (103)//Demir, Pandur/Ae.Squarrosa (84), Ukr-Od 1530.94/Ae.Squarrosa (48), Ukr-Od 952.92/Ae.Squarrosa (37) va Pandur/Ae.Squarrosa (87) genotiplarida qayd etildi. Sintetik bugʻdoy tizmalari rayonlashtirilgan navlardan oqsil miqdori boʻyicha 28.5 % ga, kleykovina miqdori boʻyicha 5.5 % ga yuqori ekanligi aniqlandi