Tabiiy fanlar

FERULA TADSHIKORUM O‘SIMLIGI URUG‘LARINI SELLULOZA CHIQINDILARI ASOSIDA OLINGAN BIOGDROGEL BILAN INKAPSULLASH ORQALI UNUVCHANCHANLIGINI OSHIRISH

Sellyuloza,ekologik, makro va mikroelementlar, immobillash, inkapsullash, Ferula tadshikorum, azot, fitopatogen.

Mualliflar

Maqolada sellyuloza chiqindilaridan foydalanilgan holda ekologik xavfsiz, ya’ni tuproqni ifloslantirmaydigan, oson parchalanadigan va yuqori suv ushlash qobiliyatiga ega gidrogel ishlab chiqilgan. Ushbu gidrogel tarkibida qumli tuproqlarda ham o‘simlik ildizlarini zarur bo‘lgan makro va mikroelementlar bilan ta’minlovchi bakterial hujayralar immobillangan holda biogidrogel olingan. Biogidrogel yordamida Ferula tadshikorum o‘simligi urug‘lari inkapsullanib ekilganda, uning unuvchanligiga bo‘lgan ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, biogidrogelda inkapsullangan urug‘lar ekilganda, urug‘larning unib chiqishi yaxshilangani, ildiz tizimining faollashuvi kuzatilgani natijasida o‘simliklar fosfor, kaliy, kalsiy, kremniy, oltingugurt, azot kabi asosiy oziq moddalari bilan yaxshi ta’minlangan. Shuningdek, bu yondashuv o‘simliklarning suvga bo‘lgan talabini qondirishga xizmat qilgan, dorivor o‘simlikni o‘sish va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan, fitopatogenlarga chidamliligini oshirib, hosildorlik va mahsulot sifatining yaxshilanishiga sabab bo‘lgan.Tajribalar Surxondaryo viloyati lalmi yerlari misolida olib borilgan.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##