Tabiiy fanlar

CICHORIUM INTYBUS L. URUG’LARINING UNISH BIOLOGIYASI

Cichorium intybus, urug’larining unishi, biologik faollik, harorat, yorug‘lik, optimal, generativ, savatcha

Mualliflar

Ushbu maqolada Cichorium intybus L. urug‘larining dala va laboratoriya sharoitida unish biologiyasi o‘rganildi. Harorat, yorug‘lik va namlik kabi omillarning urug‘larning biologik faolligi va unish ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlil qilindi. Tajriba natijalarida 20 –25°C harorat va yorug‘lik mavjud sharoitda urug‘lar eng yuqori unish ko‘rsatkichiga ega ekanligi ma’lum bo’ldi. Cichorium intybus L. ni mahalliylashtirish, ko‘paytirish va dorivor xom ashyo sifatida yetishtirish mumkinligi haqida ma’lumotlar berilgan.