Tabiiy fanlar

MARJUMAK (FAGOPYRUM ESCULENTUM MOENCH) XORIJIY KOLLEKSIYA NAMUNALARINING FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

marjumak, barg sathi, transpiratsiya jadalligi, suv ushlash xususiyati

Mualliflar

Mazkur tadqiqotda marjumak (Fagopyrum esculentum Moench) namunalarida transpiratsiya jadalligi, barglardagi umumiy suv miqdori va bargdagi suv ushlash xususiyatlari kabi suv almashinuvining fiziologik ko‘rsatkichlari va barg sathi (barg maydoni) o‘rganildi. Transpiratsiya jadalligi ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan namunalar keng barg sathiga ega bo‘lib, barglardagi umumiy suv miqdori va barglarning suv ushlash xususiyati yuqori bo‘lishi qurg‘oqchilikka chidamliligi bilan izohlanadi.