Tabiiy fanlar

TOSHKENT BOTANIKA BOG‘IGA INTRODUKSIYA QILINGAN PHILADELPHUS L. TURKUMI TURLARI VA ULARNI VEGETATIV KO‘PAYTIRISHNING AHAMIYATI

Ko‘kalamzorlashtirish, Philadelphus L., P. cordifolius, o‘sish va rivojlanish, manzarali, dorivor, bahorgi qalamcha, yozgi yashil qalamcha, stimulyator.

Mualliflar

Maqolada ilk marotaba Toshkent Botanika bog‘ida o‘stirilayotgan Philadelphus L. turkumining tahlili keltirilgan. Natijada Toshkent Botanika bog‘ining turli ekspozitsiyalarida turkumning 14 ta turi qayd etilgan. Har bir turlarning turli sohalarda foydalanilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. P. cordifolius Lange bahorgi vegetativ ko‘paytirish hamda yozgi yashil qalamchalar orqali ko‘paytirish usullarini o‘rganish tez va sifatli ko‘chat olish imkonini beradi.