Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INSON ICHKI OLAMINI AKS ETTIRISHDA EMOTSIONAL-SAMIMIY MULOQOTNING LINGVOKULTUROLOGIK ASPEKTLARI

Emotsional-samimiy muloqot, inson ichki olami, lingvokognitiv aspekt, kognitiv lingvistika, madaniy kontekst, ifodaviy vositalar, samimiyat, empatiya, ijtimoiy uyg‘unlik, hissiy tafakkur.

Mualliflar

Maqolada inson ichki olamini ifodalashda emotsional–samimiy muloqotning lingvokognitiv va lingvokulturologik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot ingliz yozuvchilari — Jeyn Osten, Emili Bronte, Jorj Eliot va Charlz Dikkens asarlari misolida olib borilib, mehr, samimiyat, hurmat va empatiya kabi hissiyotlarning tildagi leksik, pragmatik hamda ekstralingvistik vositalar orqali qanday aks ettirilishi ko‘rsatiladi. Kognitiv lingvistika, pragmalingvistika va madaniyatshunoslik yondashuvlari uyg‘unlashtirilgan holda, insonning ruhiy holati, tafakkur jarayoni va muloqot madaniyati o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib beriladi.Tadqiqot natijalari samimiy muloqotning milliy-madaniy qadriyatlar va ijtimoiy uyg‘unlikdagi o‘rnini aniqlaydi