O‘ZBEKISTON – CHEXIYA XALQARO ARXEOLOGIK EKSPEDITSIYASINING BRONZA DAVRI YODGORLIKLARINI O‘RGANISHI
##submission.downloads##
So‘nggi yillarda O‘zbekiston–Chexiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi Surxondaryo viloyatida, xususan Sherobod vohasida bronza davri yodgorliklarini o‘rganishda muhim ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirmoqda. 2002–2022 yillar davomida olib borilgan bu tadqiqotlar mintaqadagi bronza davri madaniyatining asosiy bosqichlarini aniqlash, qadimiy aholi punktlari va ularning taraqqiyot darajasini ilmiy asosda yoritish imkonini berdi. Jumladan, Poshxurt-Zarabog‘ vohasi kabi yodgorliklarda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida bronza davrining me’moriy tuzilmalari, xo‘jalik hayoti, ijtimoiy munosabatlari va madaniyati haqida muhim ma’lumotlar olindi. Tadqiqotlar bronza davriga oid yodgorliklarni aniqlash, xaritalashtirish, qatlamlarini o‘rganish va ularni davriy tasniflashda xalqaro ilmiy hamkorlikning yuksak samaradorligini ko‘rsatadi. Ushbu maqola aynan bronza davri yodgorliklarining ahamiyati, ularning joylashuvi va ularni o‘rganishdagi xalqaro ekspeditsiyaning hissasini yoritishga bag‘ishlangan.
1. Хамидов О.А. Шимолий Бақтриянинг Кучук I даврига оид янги ёдгорликлари. Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертация матни. – Тошкент, 2020.
2. Хамидов.О. Шимолий Бақтриянинг сўнгги бронза даври ёдгорликлари // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomаsi. 12/2021. 336-337.
3. Kysela. J., Augustinova.A., Kinaston. R. Preliminary Reports on the Excavations at Burgut Kurgan and Bobolangar in 2017 // Studia Hercynia. XXII/1. 2018. P. 163.
4. Augustinova.A., Stancho.L., Damashek.L., Mrva.M., Shaydullayev.Sh. Archaeological Survey of the Oases of Zarabag, Karabag and Kampyrtepa in the Piedmont of the Kugitang Mountains, South Uzbekistan – Preliminary Report for the Season 2016 // Studia Hercynia. XXI/1. Praga. 2017.
5. Stancho. L., Shaydullayev.Sh., Shaydullaeyev.A., Augustinova.A., Havlik. J., Cejnarova.P. Archaeological Survey in the eastern Kugitang Piedmonts (South Uzbekistan), Preliminary Report for Seasons 2016 and 2017 // Studia Hercynia XXI/2. Praga. 2017. P. 124.
Mulkiiyat (c) 2025 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..


.jpg)

.png)






