Tabiiy fanlar

ULUG‘ VATAN URUSHI YILLARIDA O‘ZBEKISTON MEHNATKASHLARINING FRONT VA FRONTOVIKLAR OILALARIGA KO‘RSATGAN YORDAMI

Ulug‘ Vatan urushi, O‘zbekiston, frontoviklar oilalari, moddiy yordam, nafaqa, ijtimoiy siyosat, mehnatkashlar, vatanparvarlik, Qashqadaryo, imtiyozlar

Mualliflar

  • Alisher PARNOMOV, Shahrisabz tumani 75-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi, Uzbekistan

Ulug‘ Vatan urushi yillarida O‘zbekiston mehnatkashlari frontdagi jangchilar va ularning oilalariga katta moddiy hamda ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. Davlat tomonidan maxsus nafaqalar, to‘lovlar va imtiyozlar joriy etilgan bo‘lsa, mahalliy hokimiyat va jamoat tashkilotlari ham qo‘llab-quvvatlash ishlarida faol ishtirok etdilar. Respublika aholisi front uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak va mablag‘ yig‘ib topshirib, harbiy ehtiyojlarni ta’minlashga hissa qo‘shdi. Korxonalar va artellar maxsus fondlar orqali frontoviklar oilalariga yordam ko‘rsatdilar. Shu bilan birga, aholining ishga joylashtirilishi va ijtimoiy g‘amxo‘rlik masalalari hal etilib bordi. Qashqadaryo viloyati misolida amalga oshirilgan tashabbuslar bu jarayonning ko‘lamini namoyon etdi. Urush yillaridagi tajriba xalqning ijtimoiy birdamligi va yuksak vatanparvarligini yaqqol ifoda etdi.