Tabiiy fanlar

“OLIY HARBIY TA’LIM MUASSASALARIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNING AHAMIYATI”

Siyosiy barqarorlik, ruhiy oziq, ijtimoiy hodisa, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, harbiy ta’lim, tarbiya, vatanparvarlik, ma’naviyat, oliy harbiy ta’lim muassasalari, fuqarolik burchi, milliy qadriyatlar, harbiy kadrlar tayyorlash, yuksak ma’naviylik.

Mualliflar

  • Yorqinoy ROZIMOVA O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti dotsenti, tarix fanlari doktori, mayor, Uzbekistan

Bu maqolada milliy mustaqillik tufayli jamiyat hayotining barcha sohalarida asta-sekin amalga oshirilayotgan poklanish, ayniqsa ma’naviy hayot sohasida yaqqol namoyon bo‘la boshlagani, xalqimiz o‘zligini, o‘z tarixini anglay boshlagani hamda harbiy ta’lim muassasalarida ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda nimalarga e’tibor qaratilishi kerakligi haqida keng va atroflicha fikrlar berilgan. Shu bilan bir qatorda bugungi kunda ma’naviy-tarbiyaviy ishlar sohasida e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan muammolar haqida fikr yuritilgan. Ushbu maqolada oliy harbiy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borishning ahamiyati, maqsad va vazifalari tahlil qilingan. Harbiy kadrlarni har tomonlama yetuk, Vatanga sadoqatli, yuksak ma’naviy-ma’rifiy bilimlarga ega shaxs sifatida tarbiyalashda mazkur ishlarning tutgan o‘rni va samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ma’naviy meros, vatanparvarlik, fuqarolik burchi kabi tushunchalarni harbiylar ongiga singdirishda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning zamonaviy usullari va yondashuvlari tahlil etilgan. Maqolada soha bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham keltirilgan bo‘lib, ular ta’lim jarayonida foydalanish uchun ahamiyatli manba bo‘lib xizmat qiladi.