Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MINTAQAVIY HAMKORLIKDA APEK TAJRIBASI

“Mintaqaviy hamkorlik”, mintaqaviylik, “ochiq mintaqaviylik”, APEK, APEK tajribasi, savdo kelishuvi.

Mualliflar

O‘tgan asrning so‘ngida mintaqaviy hamkorlik jarayonlarini global miqyosdagi ko‘rinishi sifatida o‘ziga xos muhit shakllandi deyish mumkin va bu xalqaro mintaqashunoslikda Osiyo tinch-Okeani mintaqasida APEK muhim bir tajriba bo‘ladi. XX asrning oxirida muhim mintaqaviy savdo hamkorligi shakllanishiga tayyor bo‘lgan Osiyo–Tinch okeani iqtisodiy hamkorligining kuchi XXI asrda pasaydi va ko‘pchilikda u mintaqaviy hamkorlik sifatidagi hayotiyligi va muhim ahamiyat kasb etishiga shubha qila boshladi. Mintaqaviy savdo hamkorligi sifatida o‘z azolari uchun sarmoya va savdoni jalp qilishga urunishlari uchun ijobiy ustunlikka erishdi. So‘ngi yillarda birdamlik yo‘qligi va azolariga katta tasir o‘tkaza olmaganligi sababli tanqidga uchradi. Maqolada mintaqaviy hamkorlik jarayonlaridagi tajribasi va alohida etirof etilishini inobatga olib APEK ning ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilamiz.