Tabiiy fanlar

FIZIKANI HARBIY-TEXNIK FANLAR INTEGRATSIYASI ASOSIDA O‘QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Fizika ta’limi, harbiy texnik fanlar, fanlararo integratsiya, kasbiy kompetensiya, texnik tafakkur, harbiy amaliyot, ta’lim samaradorligi.

Mualliflar

Ushbu maqolada harbiy oliy ta’lim muassasalarida fizika fanini harbiy-texnik fanlar bilan integratsiyalashgan holda o‘qitishning nazariy, metodik va amaliy jihatlari yoritilgan. Integrativ yondashuv kursantlarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, texnik tafakkurini rivojlantirish hamda zamonaviy harbiy texnikalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim omil sifatida asoslab berilgan. Fizika kursining harbiy amaliyotga yo‘naltirilgan laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliy topshiriqlari o‘quv jarayonining samaradorligini hamda kursantlarning kelgusidagi real xizmat faoliyatiga tayyorgarlik darajasini oshirishdagi ahamiyati bilan izohlangan.